Madaniyat
Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati “TURKTAV ” jamg‘armasi “SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. Bu haqida Madaniy meros agentligining axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, “SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” forumi doirasida “TURKTAV ” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalarning asl nusxalari "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros institutining kutubxonasiga topshirildi. Mazkur tashabbus Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirildi.
Xabarga ko‘ra, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qo‘lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida Turkiya arxivlaridagi hujjatlardan Buxoro, Qo‘qon va Xorazm xonliklariga tegishlilari topildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q