Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

Saqlash
22:16 / 20.05.2022 1851 0

O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, kecha, 19 may kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 


Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, tadbir Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining “Navbahor” raqs to‘garagi qizlari tomonidan sahnalashtirilgan kompozisiya bilan boshlandi.

 

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Gʻayrat Majid, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Muhammad Ali, Sharof Ubaydullayev, Zebo Mirzo kabi ijldkorlar ishtirok etdi.

 

 

Halima Xudoyberdiyeva tavaludining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida Guliston davlat universiteti va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari hamkorligida “XX asr va zamon adabiyoti: tahlil va talqin masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ham tashkil etildi.

 
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Madaniyat ishlari boshqarmasi tomonidan Halima Xudoyberdiyeva she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar tanlovi ham o‘tkazildi. Tanlov nizomi asosida g‘oliblar saralandi.


Xabar qilinishicha, Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan 18 apreldan 22 aprelga qadar Xalq an’anaviy “Tasviriy san’at” festivali bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra viloyatning 11 nafar ishtirokchisi oltin, kumush, bronza medallariga hamda viloyat hokimligining esdalik sovg‘alariga sazavor bo‘lgan.


Xususan, ijod maktabi tomonidan “Buyuk Qushlar” deb nomlangan uch yo‘nalishdagi ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi. Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablar o‘quvchilari ishtirok etdi. Tanlovda jami 9 nafar g‘olib aniqlangan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//