Siyosat
Avvalroq, Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mutasaddilardan yordam soʻrab murojaat qilgani aks etgan videolavha tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Xabar asosida Yunusobod tumani prokurori rahbarligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 21-son Mehribonlik uyining faoliyati tekshirilgan. Bu haqida Bosh prokuratura oyina.uzʻga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tekshirish davomida muassasada nosogʻlom va qoniqarsiz muhit tufayli ayrim tarbiyalanuvchilarda norozilik kayfiyati paydo boʻlganligi va namoyish uyushtirilganligi aniqlandi.
Shu sababli, 26-aprel kuni 21-sonli Mehribonlik uyi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bundan tashqari, tekshirish davomida muassasa mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida oʻzganing koʻp miqdordagi mablagʻlari oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-taroj qilinganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan 16-may kuni Jinoyat kodeksining 167, 205 va 207-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q