Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Prezident suhbat boshida Makka shahrida bo‘lib turgan barcha yurtdoshlarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, ularning yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida qilayotgan duolari qabul bo‘lishini tiladi.
Ta’kidlanishicha, keyingi yillarda har yili 15 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik Haj safariga bormoqda. Shuningdek, bu yil ilk bor 100 nafar mehnat faxriysi, mahalla faoli, nuroniy hamda kam ta’minlangan oilalar vakillari davlat hisobidan Haj safariga yuborildi.
Davlat rahbari hojilarning salomatligi va ibodatlarni ado etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar Makka va Madinada ziyoratchilar uchun barcha zarur tashkiliy ishlar yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.
Suhbatda mamlakatdagi diniy-ma’rifiy islohotlar, jumladan Imom Buxoriy majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasi kabi obyektlar faoliyati ham tilga olindi.
Shuningdek, Qurbon hayitini nishonlash munosabati bilan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, 10 mingdan ortiq bolada murakkab operatsiyalar o‘tkazish hamda 2 mingga yaqin og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarni davolash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi.
Masjid va qabristonlarni obod qilishga ham alohida resurslar yo‘naltirilishi ta’kidlandi. Suhbat yakunida Prezident barcha hojilarga salom yo‘llab, ularning Haj amallari qabul bo‘lishini va yurtga sog‘-omon qaytishini tiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112353
Jamiyat
95019
Jamiyat
91200
Jamiyat
75917
Jamiyat
//
Izoh yo‘q