Madaniyat
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston-Turkiya kinoijodkorlari tomonidan “Mendirman Jaloliddin” nomli tarixiy serial suratga olingan. 2020-yilning 4-oktyabr kuni Toshkentda serialning taqdimoti boʻlib oʻtgan edi.
Ushbu serialning birinchi fasli 13 qismdan iborat boʻlib, oʻzbekistonliklar uchun 2021-yilda teleekran orqali namoyish etilgan.
Ayni paytda Turkiyada “Mendirman Jaloliddin”ning ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlanmoqda. Bu haqida serialda bosh qahramon — Chingizxon obrazini ijro etgan mahoratli aktyor Javohir Zokirov maʼlum qildi. Aktyorning gaplariga koʻra, ayni paytda oʻzbek kinoijodkorlaridan iborat guruh Turkiyaning Istanbul shahriga yetib borgan va dam olish kuni munosabati bilan ular shaharni sayr qilishgan.
Hozirda ikkinchi faslda aktyorlar yaratayotgan obrazlar boʻyicha maʼlumotlar yoʻq. Javohir Zokirov yaqin kunlarda serialning suratga olish maydonlaridan videolavhalar taqdim etishini aytmoqda.
Maʼlumot uchun, mazkur serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan boʻlib, syomka uchun Turkiyadagi 30 gektar maydonda Oʻzbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q