108 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar oʻrnatilgani aniqlandi

Saqlash
16:05 / 13.05.2022 890 0

Prokuratura idoralari tomonidan madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish boʻyicha tizimli choralari koʻrib kelinmoqda.

 

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida respublika boʻyicha jami 108 ta madaniy meros obyektida 146 ta noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

 

Tadbirlar natijasi boʻyicha:

 

–madaniy meros obyektlari hududida qurilgan 7 ta noqonuniy qurilmalar buzdirildi;

 

Jumladan, Surxondaryoda “Zartepa” (I-V asrlar), «Karvontushdi» (I-VI), “Ismoiltepa” (I-VIII) va «Manguzartepa» (I-IV), Qashqadaryoda «Toʻrtkoʻltepa» (I-VI) arxeologiya obyekti, Xorazmda «Qibla tozabogʻ» (XIX) arxitektura yodgorligi hududidagi noqonuniy qurilmalar buzdirildi.

 

– 71 ta obyektda qurilgan 76 ta noqonuniy qurilmani buzdirish yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan yozma koʻrsatmalar berilishi taʼminlandi;

 

– 44 ta madaniy meros obyektidagi 63 ta noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritildi;

 

Masalan, Termiz tumanida joylashgan «Manguzartepa» arxeologiya yodgorligi (I-IV asr) ustiga uyali aloqa operatori tomonidan noqonuniy oʻrnatilgan antenna qurilmalarini buzdirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritildi;

 

– noqonuniy qurilma qurgan 26 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

 

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish