Surxondaryoda Ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirildi

Saqlash
10:05 / 13.05.2022 971 0

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani binosi foydalanishga topshirildi. U zamonaviy kutubxona, o‘quv zali, kichik majlislar zalidan tashkil topgan bo‘lib, barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Maskandagi kutubxonada 38 mingdan ziyod kitoblar, 70 mingdan ortiq elektron kitoblar mavjud.

 

 

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, tuman hokimi Abdisalom Xo‘jaqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, OAV xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Aytish kerakki, Ma’naviyat va ma’rifat maskani Yoshlar bog‘ida joylashgan bo‘lib, musiqali favvora, gulzor, zamonaviy kinoteatr hudud ko‘rkiga yanada fayz bag‘ishlab turibdi.

 

 

Joriy yil davomida viloyatning Boysun, Denov, Sho‘rchi, Sherobod, Qiziriq tumanlarida ham Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish