Gʻofur Gʻulom nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

Saqlash
19:54 / 11.05.2022 1314 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda Gʻafur Gʻulom uy-muzeyida adib tavalludining 119 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi va mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirni Toshkent davlat yuridik universitetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar nomzodi, dosent Ahror Hoshimxonov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Hakimjon Shodmonov ochib berdi.

 

Toshkent davlat yuridik universitetida Gʻofur Gʻulom nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Tadbir davomida iqtidorli talabalarni ushbu stipendiya va ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 

So‘ng Gʻafur Gʻulomning “Sen yetim emassan” va boshqa she’rlari talabalar tomonidan o‘qib eshittirildi. Adibning “Guvohlikka o‘tgan xo‘kiz” hikoyasi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi, “Toshkent” she’ri asosida esa qo‘shiq kuylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//