“Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” tanlovining respublika bosqichi sanasi ma’lum qilindi

Saqlash
12:05 / 11.05.2022 780 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning yakuniy – respublika bosqichi joriy yilning 15-16-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

–  Shu kungacha tanlovning tuman (shahar) va Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Ularda 7 mingdan ziyod targ‘ibotchilar ishtirok etdi. Tanlovning hududiy bosqichida jami 412 nafar ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi qatnashib, shulardan 109 nafari shoir, yozuvchi, 42 nafari jurnalist, 47 tasi ijodkor, 210 nafari o‘qituvchidir. Hududiy bosqich ishtirokchilaridan 65 tasini davlat mukofoti sovrindorlari, 118 nafarini turli respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari, 3 tasini olimlar tashkil etdi, – deb aytib o‘tdi Tashkiliy qo‘mita a'zosi To‘xtasin Arslonov.

 

Respublika bosqichida ham ishtirokchilarning faoliyati belgilangan nizom asosida baholanadi hamda g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq, kitoblar jamlanmasi va diplomlar, pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Bundan tashqari, tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston”, Gʻalaba bog‘i, Toshkent siti, Temuriylar tarixi muzeyi kabi bir qator diqqatga sazovor joylarga taklif etiladi, taniqli olim, shoir, yozuvchi, san’atkor, davlat va jamoat arboblari bilan suhbat quradilar, Adiblar xiyobonida “Targ‘ibotchilar mushoirasi”da ishtirok etadilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish