Madaniyat
Shoir Behzod Fazliddinga tegishli sheʼrni muallifning roziligisiz kuylab, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqida Intellektual mulk departamentining axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, A.Shermatov shoir B.Fazliddinning “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” nomli sheʼriy toʻplamidagi “Hushyor doʻstlarim” nomli sheʼrni muallifning roziligisiz va litsenziya shartnomasi tuzmasdan qonunga xilof ravishda ijro etgan.
Holat yuzasidan Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda huquqbuzar A.Shermatovga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Shuningdek, jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 (1)-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, maʼmuriy jarima jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q