Andijonda 44 masjiddan ortiqcha toʻlov undirilgani aniqlandi

Saqlash
02:11 / 08.05.2022 1023 0

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan hududlarda elektr taʼminoti korxonalarining elektr energiyasi uchun tariflarni toʻgʻri qoʻllanilganligi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi.

 

Qoʻmitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rejasiga asosan joriy yilning aprel oyida oʻtkazilgan oʻrganishda “Andijon HETK” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021-yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlangan.

 

Shuningdek viloyatdagi 44 ta diniy tashkilotlarga, shu jumladan masjidlarga aholi uchun belgilangan narx (295 soʻm) qoʻllanilmay, ulgurji isteʼmolchilar uchun belgilangan narx (450 soʻm) qoʻllanilganligi aniqlangan. Buning natijasida masjidlardan jami 74 378,9 ming soʻm ortiqcha undirilgani aniqlangan.

 

Bugungi kunda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan notoʻgʻri hisoblagan mablagʻlarni masjidlarga qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida bugungi kunda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari tomonidan oʻz hududlarida oʻrganishlar olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//