Siyosat
Oʻzbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Har yili may oyi boshlarida turli rasmiy va norasmiy doiralarda ushbu kunni siyosiylashtirishga boʻlgan harakatlar kuzatiladi. “Yuksalish” umummilliy harakati shu masalada bayonot berdi.
«Oʻzbekiston uchun 9-may qanday chuqur qadriyatlarni aks ettirishini xalqaro hamjamiyat tushunishi muhim, deb hisoblaymiz.
Birinchidan, ushbu kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli va qonli Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yarim milliondan ziyod oʻzbekistonliklarning ruhi xotirlanadi.
Ikkinchidan, 9-may — urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq vatandoshimizning jasoratini, front hududlaridan Oʻzbekistonga koʻchirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilgan xalqimizning bagʻrikengligini anglash va qadrlash kuni.
Uchinchidan, bu kunda Jahon urushidan oldin va keyingi tariximizda Vatanimiz tinchligi va ravnaqi uchun jonini fido qilgan barcha ajdodlarimiz xotirlanadi. Hayot boʻlganlariga esa hurmat va ehtirom koʻrsatiladi, qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi.
Bir soʻz bilan aytganda, 9-may — fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba kunigina emas, balki xalqimiz urush va tinchlikda koʻrgan katta fojialardan xulosa chiqarish, bugungi tinchlikning qadriga yetish kuni sifatida jamiyatimiz ongu shuuridan joy olgan qadriyatdir», deyiladi harakat bayonotida.
Shuning uchun, “Yuksalish” 9-may sanasini ortiqcha siyosiylashtirmaslik, andozalashtirishga berilmaslik, vazmin va jamiyat qadriyatlariga tayangan holda nishonlash — eng toʻgʻri va maʼqul yoʻl ekanini taʼkidlab oʻtgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q