O‘zbekistonda “tonirovka” uchun to‘lovni bekor qilish taklifi berildi

Saqlash
17:31 / 05.05.2022 942 1

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga transport vositalari oynalarini qoraytirish uchun belgilangan to‘lovni kamaytirishni so‘rab, murojaat yo‘llandi. Murojaat ovozga qo‘yilishi uchun moderatorlar tasdig‘idan o‘tishi lozim.

 

Murojaat muallifi O‘zbekistonda issiq mavsum yilda 7 oy davom etishi, ayniqsa yozda harorat yuqori bo‘lishini qayd etgan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari uchun avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat olish to‘lovi quyidagicha:

 

    orqa yon oynalar – yiliga 4,5 BHM (1 mln 215 ming so‘m);
    barcha yon oynalar – yiliga 45 BHM (12 mln 150 ming so‘m).

 

Murojaat muallifi to‘lovlar miqdorini quyidagicha belgilashni taklif etgan:

 

    orqa yon oynalar – 0,5 BHM (145 ming so‘m);
    barcha yon oynalar – 2 BHM (540 ming so‘m).

 

Muallif, shuningdek, ruxsatnomani 3, 6, 9 va 12 oyga olish imkoniyati yaratilishini ham so‘ragan. Uning hisoblashicha, to‘lovni ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida to‘lash mumkin bo‘lishi kerak.

1 Izoh

Saidalamxon

12:01 / 01.01.1970

Narxini pasaytirish kerak Orqa yon oyna 145 ming dib jaa pastga urmeligu 200 ming bo'lsa yaxshi Aylanasiga 540 mingmas 600 ming qilinsa sizlardi gaplarin ham biziki ham bo'medi

Izoh qoldirish

//