Jamiyat
O‘zbekistonda hozirgi kunda xususiy shifo maskanlari soni 7320 tani tashkil etmoqda. Ulardan 50 tasi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ochilgan, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.
Xususiy tibbiyot muassasalarining 5823 tasi ambulator, 1497 tasi esa statsionar sharoitida faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda bu tarmoqda ishlayotgan shifokorlar soni 16 ming 300 nafardan, o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 24 ming 840 nafardan oshadi.
Eng ko‘p xususiy tibbiyot muassasalari hududlar:
Statsionar shaklda faoliyat yuritayotgan xususiy shifoxonalarda sanatoriylar bilan qo‘shib hisoblaganda 42 mingdan ziyod koyka mavjud. Eng ko‘p o‘rin-joylar quyidagi hududlarda joylashgan:
“Yaqin yillargacha sohada xususiy sektor ishtirokida sanoqli yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir 129 turdagi tibbiy xizmatlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. Xususiy tibbiyot uchun soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalarni qamrab olgan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. Natijada, birgina soliq imtiyozlari hisobidan, so‘nggi besh yilda xususiy sektor ixtiyorida 1,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi”, – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q