Jamiyat
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Usmon Bin Ma’zun masjidida 18aprel kuni o‘g‘rilik qilgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqida Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, soat 21:00 da muqaddam sudlangan 47 yoshli P.Sh. o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida masjidga borgan. Uning tahoratxonasida 31 yoshli S.M., 20 yoshli R.Z. va 22 yoshli U.O‘.ga tegishli bo‘lgan kiyimlarni yashirin ravishda egallab, masjiddan chiqib ketayotgan vaqtida ushbu hududda o‘zining xizmatini olib borayotgan Yakkasaroy tuman IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan P.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 25,169-modda 1-qismi (O‘g‘rilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, P.Sh. 15 mart kuni xam o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida yuqoridagi ko‘rsatilgan masjidga borgan. U yerda bo‘lgan 26 yoshli S.Sh.ga tegishli, narxi 4 000 000 so‘mlik «Samsung A51» rusumli telefon apparatini yashirin ravishda egallab, so‘ngra mazkur telefon apparatini Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozoriga borib, 500 000 so‘m pulga o‘ziga noma’lum bo‘lgan shaxsga sotib yuborgan.
Hozirda P.Sh. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davomida ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilib, yakuniga qo‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q