Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.
Qaror bilan Turizm va madaniy meros vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi hamda O‘zbekiston restoratorlari va otelerlari uyushmasining turizm xizmatlarini diversifikasiya qilish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi tungi vaqtda (soat 18:00 dan 06:00 ga qadar) amal qiladigan mexanizmlarni joriy qilish va rivojlantirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan.
– maxsus tashkil etiladigan «turizm ko‘chalari»da joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngilochar va savdo ob’yektlari, madaniyat tashkilotlari faoliyatini jamoat xavfsizligi va aholi osoyishtaligini ta’minlagan holda to‘sqinliksiz amalga oshirish;
– turizm namoyishi ob’yektlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarur infratuzilma va muhandislik-kommunikasiyalar tizimini yanada yaxshilash;
– madaniy-ko‘ngilochar va konsert tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratish;
– maxsus avtobuslar (shuttle-bus) qatnovini yo‘lga qo‘yish;
– turizm namoyishi ob’yektlarining faoliyat olib borishiga ruxsat berishning yagona tartibini joriy qilish va turizm namoyishi ob’yektlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.
Shuningdek, tungi vaqtda faoliyat olib boruvchi turizm namoyishi ob’yektlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun davlat tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
– faoliyat yuritayotgan turizm namoyishi ob’yektlari atrofi uzluksiz yoritilishi ta’minlanadi, shu jumladan, mazkur hududlar energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan jihozlanadi;
– turizm namoyishi ob’yektlari «Xavfsiz shahar» konsepsiyasiga integrasiya qilinadi;
– «turizm ko‘chalari»da jamoat xavfsizligi normalari va talablari doirasida «xavfsizlik chaqiruv tugmalari» o‘rnatiladi hamda Wi-Fi zonalari tashkil etiladi.
Tungi vaqtda faoliyat olib borayotgan turizm namoyishi ob’yektlariga:
– ob’yektlarning ichki qismi, xizmat ko‘rsatish xonalari, kirish va chiqish, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuasiya qilish joylarida ma’lumotlarni kamida o‘ttiz kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimini o‘rnatish va «Xavfsiz shahar» konsepsiyasiga integrasiya qilish;
– binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni kamida 10 metr masofada yoritish;
– ob’yektlarni to‘liq tovush o‘tkazmaydigan tarzda jihozlash. Bunda, tungi vaqtda musiqa va tovush kuchaytirgich asbob-uskunalaridan aholining tinchligini buzmagan holda foydalaniladi;
– ob’yektlarni yong‘in o‘chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar to‘plamiga ega tibbiy yordam qutichalari bilan ta’minlash;
– binoning barcha uchun ko‘rinarli joylarida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuasiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari aks ettirilgan ma’lumotlarni aks ettirish talabi belgilanadi.
Qarorga ko‘ra, davlat organlariga belgilangan tartibda tungi vaqtda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga asossiz aralashish, ular faoliyatiga byurokratik to‘siqlar qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday harakatlar taqiqlanadi.
Turizm va madaniy meros vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda zaruratga qarab, har bir hududda O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chalariga aylantiriladigan markaziy ko‘chalar ro‘yxatida keltirilgan ayrim ko‘chalarda maxsus «turizm ko‘chalari»ni tashkil etadi va ushbu ko‘chalarda tungi vaqtda turizm namoyishi ob’yektlarining faoliyat olib borishini ta’minlaydi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q