“OʻzEOAVMA”ning nomi oʻzgardi

Saqlash
23:05 / 04.05.2022 688 0

4-may kuni “Hilton” mehmonxonasida Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA)ning umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

OʻzEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda OʻzEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, Oʻzbekiston kabel televideniyesiga aʼzo boʻlgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni oʻz ichiga oladi.

 

Yigʻilishda “OʻzEOAVMA”ning nomi oʻzgargani maʼlum qilindi. Endi u Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi deb ataladi.

 

Ushbu assotsiatsiyaning yangi tarkibi ham tayinlandi. Unga koʻra, Assotsiatsiya Boshqaruvi raisining oʻrinbosari – Bosh direktor siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Abrorjon Poʻlatov, Assotsiatsiya Bosh direktori birinchi oʻrinbosari Abdulaziz Abutalipov, Bosh direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Ulugʻbek Ahmedov, Bosh direktorning ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Nigora Xoʻjayeva tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish