Jamiyat
Qashqadaryo viloyatida 70 021 DAV davlat raqam belgili “Lacetti” yon oynalarining tusi qoraytirilgan va mayoqchalar oʻrnatilgan holda harakatlangani aniqlandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi davlat xizmatchisiga tegishli avtomashina yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, “Lacetti” haydovchisi tegishli ruxsatnomasiz avtomashina old qismiga koʻk-qizil yonuvchi mayoqchalar oʻrnatgani hamda yon oynalarning tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilgani maʼlum boʻlgan.
Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu kodeksning 291-moddasi (Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibi)da vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Maʼlumotlarga koʻra, mashina Qamashi tumani hokimiga tegishli hisoblanadi. Taʼkidlanishicha, hokim shu “Lacetti”dan xizmat avtomashinasi sifatida foydalanadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q