Siyosat
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 4-may kuni oʻzbek-afgʻon chegarasida otishma sodir boʻlgani va uning oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari halok boʻlgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, tarqatilgan xabarlar umuman haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Chegarada vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda, janubiy sarhadlarni qoʻriqlash odatdagi tartibda olib borilyapti.
«Afgʻoniston Muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet nashrlarida paydo boʻlgan maqolalarni yolgʻon va asossiz deb atadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarini jurnalist etikasiga qatʼiy rioya qilish, oʻz manbalarida notoʻgʻri va tekshirilmagan maʼlumotlarni joylashtirishdan saqlanishga chorlaydi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109905
Jamiyat
94220
Jamiyat
90057
Jamiyat
73277
Jamiyat
//
Izoh yo‘q