Madaniyat
Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Joriy yilda oʻtkazilayotgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga 448 nafar ishtirokchi besh mingga yaqin ijodiy ishlarini topshirgan.
Bu yil tanlov ishtirokchilari ishini baholashda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi rasmiy jurnalistlar.uz sayti orqali keng jamoatchilik ishtirokidagi on-layn baholash ham yoʻlga qoʻyildi. Har bir ishtirokchining alohida sahifasi boʻlib, ishtirokchilarning elektron roʻyxati shakllantirildi.
Joriy yilgi tanlovda Bosh mukofot “Oʻzbekiston tarixi” telekanaliga nasib qildi.
"Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi gʻolib va sovrindorlari deb quyidagilar topildi:
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” (televideniye) yoʻnalishida
1-oʻrin “Madaniyat va maʼrifat” telekanalidan Yulduz Fayziy.
2-oʻrin “Sevimli” telekanalidan Moʻtabar Nurmuhammedova.
3-oʻrin Maftuna Mamasiddiqova (“Ruxsor TV” Fargʻona viloyati).
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” (radio)
1-oʻrin Farogʻat Barnoyeva Navoiy TRK muxbiri.
2-oʻrin Zarbuvi Choriyeva.
3-oʻrin Nodira Maqsudova.
“Eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi boʻyicha internet-jurnalistika yoʻnalishida
1-oʻrin Norgul Abdurayimova -OʻzA boʻlim mudiri.
2-oʻrin kun.uz nashri muxbiri Ilyos Safarov.
3-oʻrin xabar.uz muxbiri Anvar Namozov.
“Eng yaxshi material uchun” nominatsiyasida bosma nashrlar boʻyicha
1-oʻrin “Xalq soʻzi” - “Narodnoye slovo” gazetasi bosh muharriri Oʻtkir Rahmatov.
2-oʻrin “Yerkin Qaraqlpaqstan” gazetasi muxbiri Gulayim Saparova.
3-oʻringa “Qiziriq” tumanidagi “Taraqqiyot” gazetasi bosh muharriri Chori Alimov hamda “Yoshlar kundaligi” tahririyati.
Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun
1-oʻrin: Nizam Shaxin — Turkiya teleradiokompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi jamoasi;
2-oʻrin: Barbara Ditrix — “Diplomatic World” jurnali (Belgiya);
2-oʻrin: Xalid Taymur Akram — “National Herald Tribune” kundalik gazetasi;
2-oʻrin: Oʻrinboy Usmonov — “Xalq ovozi” gazetasi;
2-oʻrin: Sanjay Kumar — “The Korea Herald” gazetasi.
Ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar:
“Mahalla, oila va gender tenglik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun”
Farida Egamberdiyeva — DarakchiUz sayti
“Inson qadrini ulugʻlashga bagʻishlangan eng yaxshi materiallari uchun”
Shuhrat Dehqonov — “Nuroniy” gazetasi
“Oʻzbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Kamol Matyoqubov — “Adolat” gazetasi
“Eng yaxshi fotoreportaj uchun”
Madina Nurman — DaryoUz
“OAV bilan eng faol hamkor axborot xizmati”
Elmira Bekmurodova — Energetika vazirligi matbuot kotibi
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q