Jamiyat
“Oʻzgidromet” xabar berishicha, 3-4-may kunlari Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
3-4-mayda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shuningdek, 4-mayda Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3-mayda baʼzi joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati 22-25o gacha pasayadi. 3-5-may kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q