Jamiyat
Oʻzbekistonda spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalar davlat tomonidan zarur vositalar bilan taʼminlanadi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Elmira Bositxonova maʼlum qilishicha, mamlakatda bu xastalikka chalingan bemorlar uchun zarur dori, reabilitatsiya va maxsus ozuqa vositalari davlat byudjeti hisobidan xarid qilinmagan va bemorlarda faqatgina simptomatik muolaja oʻtkazilgan. Buning oqibatida bolalarda kasallik ogʻir kechib, erta oʻlim bilan yakunlangan.
Prezidentning tegishli qarori bilan endilikda spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalar davlat tomonidan patogenetik dorilar, ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanadi.
Hujjatda 1-iyuldan boshlab nikohlanuvchilar oʻz hisobidan Aholi reproduktiv salomatlik markazining filiallari orqali molekulyar genetik testdan oʻtishi qayd etilgan.
Qayd etilishicha, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan 2022-yil 1-iyundan boshlab uy sharoitida davolanayotgan bemor bolalarga zarur boʻlgan texnik (15 turdagi) vositalar bepul ijaraga beriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q