Jamiyat
3-may kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida kuchli yogʻingarchilik oqibatida sel oqimlari va toshqin yuzaga keldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Hisorak” QFY hududida yogʻib oʻtgan yogʻingarchilik tepaliklardagi qum aralash shagʻallarni ichki yoʻllarga yuvib tushirgan. Hodisa oqibatida aholi xonadonlari, ularning mulklariga ziyon yetmagan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida qisqa muddatli yogʻib oʻtgan yomgʻir yogʻishi natijasida tumanning Machay, Yuqori Machay va Darband qishlogʻida qisqa muddati sel oqimi kuzatilgan. Sel suvlari Machay, Yuqori Machay qishloqlarining ichki yoʻllariga hamda Darband qishlogʻi hududidan oʻtgan M-39 Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻliga toshgan. Sel suvlari oqibatida aholi xonadonlari, ijtimoiy obyektlar va kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetmagan. Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻlida transport vositalari qatnovi toʻxtatilmagan.
Shuningdek, Sariosiyo tumani togʻli hududining “Xonjiza” MFY hududidan oqib oʻtuvchi Xursandsoy soyida suv hajmi ortib, soy chetiga oʻrnatilgan 2 dona, 110 kVt kuchlanishli metall konstruksiyali ustunlar ostini yuvishi oqibatida ushbu ustunlarni yonboshga yiqilishiga olib kelgan. Ayni vaqtda ushbu elektr ustunlarini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda. Hozirda xavfsizlik nuqtayi nazardan vaqtinchalik elektr taʼminotidan uzilgan. Holat “Xonjiza” obyekt elektr taʼminotiga taʼsir koʻrsatmagan, u faoliyatini uzluksiz davom ettirmoqda.
Shu bilan birga, Sangardak soyi tepaliklaridan oqib tushgan yomgʻir suvlari tuproq va qum-shagʻallarni ichki yoʻllarga oqizib kelgan. Yoʻllarda toʻplangan loyqa va qum-shagʻallar maxsus muhandislik texnikalari yordamida toʻliq bartaraf etilgan. Yogʻingarchilik oqibatida aholi xonadonlari va ularning mulkiga ziyon yetmagan.
Hozirda sel oqimidan soʻng yoʻllarda yigʻilib qolgan qum-shagʻal va loyqalarni tozalash ishlari FVV va tegishli xizmatlar xodimlari hamda maxsus muhandislik texnikalari yordamida amalga oshirilmoqda.
“Togʻli va togʻoldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q