Ilm-fan
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan oʻtkazilishi mumkin. Bu korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dastur loyihasida keltirilgan. Tegishli prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilindi.
Qaror loyihasiga koʻra, OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta koʻrib chiqilib, yagona hujjatda qatʼiy roʻyxati shakllantirilishi mumkin. Hujjat loyihasida ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻgʻrisidagi qoida belgilanishi ham nazarda tutilgan.
Bunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Bundan tashqari, bir OTMdan boshqasiga oʻqishni koʻchirish (shu jumladan, chet eldan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi mutaxassislikka hamda hamkor chet el oliy taʼlim muassasalari bilan kelishilgan holda qoʻshma oʻquv dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash koʻzlanmoqda.
Hujjat loyihasida OTMlardagi talabalar yotoqxonasi bilan taʼminlash va talabalarni joylashtirishning elektron tizimini joriy etish ham nazarda tutilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q