Boʻstonliqda fuqaro rasmga tushaman deb sharsharadan yiqilib tushdi

Saqlash
00:13 / 04.05.2022 857 0

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida sharshara tepasidan yiqilib tushgan fuqaroga yordam koʻrsatildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

 

Maʼlum qilinishicha, 2-may kuni soat 15:00 da “Yangiqoʻrgʻon” qishlogʻiga tabiat qoʻynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri “Soy mazor” sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi boʻlgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilib tushgan. U oʻng oyogʻining son qismini sindirib olgani boʻyicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan Boʻstonliq tumani Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan va tepalikdan olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Malakaviy tibbiy yordam koʻrsatish uchun Boʻstonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//