Sport
Oʻzbekistonlik Umida Omonova rapid yoʻnalishida 16 yoshgacha qizlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.
Yaqinda u xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida gʻolib boʻlgan.
Shuningdek, bundan 3 yil avval, 13 yoshida shaxmatchi Umida Omonovaga FIDE ustasi unvoni berilgan. Shu tariqa u Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni qoʻlga kiritgan eng yosh ayol masterga aylangan.
Maʼlumot uchun, 2006-yilda tugʻilgan Umida Omonova – oʻz yosh toifasida Oʻzbekistonning eng kuchli shaxmatchisi sanaladi. U oʻz yosh toifasida rapid va blis yoʻnalishida jahon chempioni, standart yoʻnalishida esa jahon vitse-chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Umida rapid va blis yoʻnalishida oʻquvchilar oʻrtasida Osiyo chempionatining mutlaq chempioni hamdir.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q