3-may kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻadi

Saqlash
18:16 / 02.05.2022 868 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi seshanba kuni qanday ob-havo kutilayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//