Iqtisod
Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Sogʻliqni saqlash vaziri stipendiyasi” taʼsis etildi.
Bu haqda vazirning tegishli buyrugʻi qabul qilindi. Unga koʻra mazkur stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi.
U har bir tibbiyot oliy taʼlim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.
Ushbu stipendiyaga nomzodlarni saralash haqidagi eʼlon tanlov oʻtkazilishidan kamida 1 oy oldin matbuotda eʼlon qilinadi.
Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy oʻquv yurtining “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi”ga taqdim etiladi.
Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va taʼlim boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilgach, vazir buyrugʻi asosida beriladi.
Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q