Ilm-fan
Oʻzbekistondagi maktablarda faoliyat yuritadigan 280 ming nafardan ortiq oʻqituvchining salohiyati talab darajasida emas. Bu haqida Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Saidovga koʻra, maktablarda 504 ming nafar oʻqituvchilar faoliyat yuritadi Ularning 280 ming nafardan ortigʻi, yaʼni 56 foizining salohiyati talab darajasida emas. Bu degani deyarli 3 millionga yaqin oʻquvchi-bolalarda yuqori malakali oʻqituvchidan taʼlim olish imkoniyati mavjud emas.
“Dastavval, maktabda taʼlim sifati, eng avvalo, shu maktabda ishlayotgan oʻqituvchilar sifati va saviyasiga bogʻliq. Zero, taʼlim sifati – oʻqituvchi sifatidan yuqori boʻla olmaydi”, deydi vazir.
Shu oʻrinda qayd etish kerakki, oliy taʼlim muassasalarida 4 (+2) yil oʻqib, ammo sessiyalarini pul bilan yopadigan ayrim “oliy maʼlumotlilar” oʻz sohasida ish topa olmaganidan soʻng, oʻzi yashaydigan hududda joylashgan maktabga oʻqituvchi boʻlib ishga kirmoqda. U maktabda qanday oʻquvchilar, qanday yoshlar yetishib chiqayotgani esa hammani oʻylantirishi tabiiy.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q