
Iqtisod
Oʻzbekistondagi dehqon bozorlarida goʻsht 45 000 – 85 000 soʻmdan, shakar 8800 – 13 000 soʻmdan sotilmoqda. Bu haqida Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Statqoʻm hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari boʻyicha oʻtkazilgan kuzatuv natijalarini eʼlon qildi.
Joriy yilning 27-aprel holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:
Suyakli mol goʻshti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 soʻm
Qoʻy goʻshti (1 kg) ➖ 55 000 – 85000 soʻm
Kartoshka (1 kg) ➖ 2 500 – 8000 soʻm
Piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5000 soʻm
Sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 6000 soʻm
Tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 soʻm
Guruch (1 kg) ➖ 4500 – 20 000 soʻm
Oʻsimlik yogʻi (1 l) ➖ 15 000 – 26 000 soʻm
Shakar (1 kg) ➖ 8800 – 13 000 soʻm
Statqoʻm narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Maʼlumotlarni toʻplash vaqti, sanasi hamda joyi oʻzgarishiga qarab, narxlar oʻzgarishi mumkinligini eslatib oʻtgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q