Jamiyat
Bugun, 30-aprel – Ramazon oyining 29-kuni Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi Shavvol hiloli koʻringani toʻgʻrisida xabar boʻlmagani sababli, joriy yil 1-may yakshanba kuni Ramazon oyining 30-kuni boʻlishi haqida bayonot berdi. Shunga muvofiq, 2022-yil 2-may dushanba kuni Saudiya Arabistonida Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, dunyoning bir qator yirik musulmon davlatlari, xususan, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirligi, Jazoir, Kuvayt, Bahrayn, Tunis, Iroq, Ummon, Yaman kabi barcha arab mamlakatlari hamda Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlarida ham Ramazon hayiti 2-may, dushanba kuni nishonlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q