Jamiyat
Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may — dushanba kuniga toʻgʻri keladi. Bu prezidentning Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorida qayd etilgan.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Shunga koʻra, 3−4-may kunlari esa qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95122
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q