Jazoni ijro etish muassasasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Saqlash
21:46 / 29.04.2022 812 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Jazoni ijro etish muassasasida “Baxtli bo‘lish imkoniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.


Unda hamkor tashkilotlar mas’ul xodimlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, shoir va yozuvchilar, diniy idora vakillari, olimlar va san’atkorlar, shuningdek, Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari hamda jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

 

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Yangi O‘zbekistonni yangicha qarashlar ila bunyod etish uchun bir qancha ishlar olib borilayotgani, xalqning turmush tarzini yaxshilash yo‘lida bir qator amaliy harakatlar yo‘lga qo‘yilgani, ayniqsa bu yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da ham har bir vatandoshimizning taqdiri, hayoti e’tiborda ekani, farovon turmush uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotgani bir qancha misollar orqali keltirib o‘tildi. Ana shunday insonparvarlik tamoyili asosida olib borilayotgan amaliy ishlar pushaymonlik o‘tida yonayotgan, vijdon azobida qiynalayotgan, imkoniyat berilsa, hayotini faqat ezgu ishlarga bag‘ishlashni niyat qilayotganlar uchun katta imkoniyatdir.  


“Baxtli bo‘lish imkoniyati” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shoir va san’atkorlarning ijodiy chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//