Toshkentda 2 may kuni Ramazon hayit namozi o‘qiladi

Saqlash
21:39 / 29.04.2022 1151 0

Toshkent shahrida 2 may kuni Ramazon hayit namozi o‘qilishi belgilangan. “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati “Bugun.uz”ga bayramda masjidlarga kelib-ketish uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashqil qilinishini ma'lum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, 2 may kuni poytahtning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Ramazon hayit namozi o‘qilishi belgilangan. Mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

 

Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//