Afg‘oniston: Tolibon ilm olmoqchi bo‘lgan qizlarga shart qo‘ydi

Saqlash
11:09 / 13.09.2021 833 0

BBC nashrining xabar berishicha, «Tolibon» harakati qizlarga yigitlardan alohida hamda hijob kiygan holda universitetda o‘qishiga ruxsat berdi. Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri Abdulboqi Haqqoniy harakat rejimi yigit-qizlarga birgalikda ta’lim berishga ruxsat berilmasligini aytgan.

Ta’kidlanishicha, alohida ta’lim ayollarni universitet resurslari yetishmasligi tufayli ta’lim olish imkoniyatidan mahrum qiladimi, degan savolga vazir Haqqoniy mamlakatda ayol o‘qituvchilar yetarli ekani, ular yo‘q joyda esa hukumat boshqa variantlar topishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Tolibon" harakati islomiy, milliy va tarixiy qadriyatlarga mos keladigan holda boshqa davlatlar bilan raqobatlasha oladigan o‘quv dasturi yaratishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon barcha davlatlar bilan yaxshi diplomatik aloqa o‘rnatmoqchi ekani, Afg‘onistonda shifoxonalar faoliyati to‘xtatilgani va toliblar Kobul aeroportining nomini o‘zgartirgani haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish