Afg‘onistonda shifoxonalar faoliyati to‘xtashi mumkin

Saqlash
11:09 / 08.09.2021 973 0

Afg‘onistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan 2 ming 300 ta tibbiy muassasaning taxminan 90 foizi yaqin vaqtlarda o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

Bu haqda dushanba kuni JSSTning Sharqiy O‘rtayer dengizi mintaqasida favqulotda amaliyotlar bo‘limi rahbari Rik Brennan aytib o‘tdi, deb yozadi TASS axborot agentligi. Uning ta’kidlashicha, bu mamlakatda koronavirusga chalinish va o‘lim holatlarining ko‘payib ketgani bilan bog‘liqdir.

Agentlikning yozishicha, Brennan yaqin vaqtlarda Qatar hukumati Afg‘onistonga tibbiy jihoz va dori-darmonlar yuklangan uchta samolyot yuborishiga umid bildirgan. Uning aniqlik kiritishicha, keltirilayotgan yuklar orasida koronavirusga qarshi testlar va surunkali kasalliklarni tuzatish uchun tibbiy materiallar bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish