Jamiyat
Yig‘ilishda ishchi-xodimlarning samarali faoliyati uchun 3 ta asosiy ijtimoiy masalada (kasallik, ishsiz qolish, homiladorlik) bosqichma-bosqich kafolatli himoyalash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Misol uchun, norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qilmoqda.
Sababi, ko‘plab ish beruvchilar homiladorlik nafaqasini to‘lashda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun ayollarni rasmiy ishga olmaslikka harakat qiladi.
Bu borada 2022 yil sentyabrdan boshlab “dekret” to‘lovlarining bir qismini davlat byudjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etilmoqda.
Mazkur ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida 1 sentyabrdan Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaga joriy yilda byudjetdan 170 milliard so‘m ajratiladi.
Mutasaddilarga 1 avgustga qadar “dekret” pullarini to‘lash jarayonini to‘liq raqamlashtirish topshirildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q