Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutiga navoiyshunos olim, filologiya boʻyicha falsafa doktori Olimjon Davlatov direktor etib tayinlandi.
Olimjon Davlatov shu vaqtga qadar Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi rahbari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan.
Institut vazifalari quyidagilardan iborat:
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati, milliy gʻoyaning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni, jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tahdidlar toʻgʻrisida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
mamlakatda ijtimoiy va maʼnaviy muhitni oʻrganish, baholash va yaxshilash boʻyicha ilmiy va amaliy takliflarni tayyorlash;
maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini amalga oshirish uchun samarali va natija beruvchi targʻibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
buzgʻunchi gʻoyalar va axborot tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, aholi oʻrtasida internetdan foydalanish madaniyatini oshirish;
odamlar taqdiriga befarqlik, mahalliychilik, qarindoshlik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga beparvolik, yoshlar tarbiyasidagi masʼuliyatsizlikni yoʻq qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q