Jamiyat
O‘zbekiston Afg‘oniston orqali avtomobil yo‘li qurib, Janubiy Osiyo, xususan, Pokistonning Karachi bandargohiga bormoqchi. U yerdan Arabiston dengiziga chiqish mumkin.
Toshkentdagi «Innoprom» ko‘rgazmasida Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov shu haqda gapirib o‘tgan. Uning fikricha, Janubiy Osiyo orqali boshqa yana ko‘plab davlatlar bozoriga kirib borish mumkin.
«Biz hozir Janubiy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boradigan yo‘l haqida ishlayapmiz. Masalan, Pokiston bilan tovar aylanmamiz so‘nggi yillarda ikki karra oshdi. Mahsulotlar Afg‘oniston orqali quruq yo‘l bilan olib kelinyapti. Hozir afg‘on yurti orqali Pokistongacha ikki yarim kunda, Karachigacha esa to‘rt-to‘rt yarim kunda bemalol yetib borishimiz mumkin. Bunday imkoniyat oldin yo‘q edi», degan Umurzoqov.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
111107
Jamiyat
94523
Jamiyat
90469
Jamiyat
74578
Jamiyat
//
Izoh yo‘q