Jamiyat
Prezidentimizning joriy yilning 27 aprelida “Jizzax viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy hududlar egallagan yerlar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yaxshilash maqsadida Bosh prokuratura, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Bosh prokuratura tizimida 8 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalariga ko‘ra, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududlarida tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreasiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari, shu jumladan Zomin milliy tabiat bog‘i va Zomin davlat qo‘riqxonasi yerlaridan oqilona foydalanish hamda bunday yerlarni mudofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan doimiy nazoratni o‘rnatiladi.
Shuningdek, tumanlar hududidagi tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreasiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda ularda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish bo‘yicha doimiy choralar ko‘rib borish kabi vazifalar kiradi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q