Jamiyat
O‘zbekiston yanvar–mart oylarida xorijdan 700 283 dona telefon import qildi. Bu haqida Statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilning yanvar–mart oylarida xorijdan qiymati 49,9 million dollarga 700 283 dona mobil telefon import qilgan. Ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 260 878 donaga oshgan.
Quyida mos davrda telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilingan:
Xitoy – 533 704 dona;
Vyetnam – 92 639 dona;
Hindiston – 36 698 dona;
BAA – 33 620 dona;
Qozog‘iston – 3 518 dona;
Koreya – 86 dona.
Mamlakat yanvar oyida 129 766 ta telefon sotib olgan, ushbu texnika fevral va mart oylarida 570 517 dona import qilingan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q