Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov 26-aprel kuni kech soat 23:00 dan keyin mast ahvolda oyoq tirnogʻining ichki tomonga oʻsib ketishi va yiringlashi natijasida shahar shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga kelgani va uni navbatsiz qabul qilishmagani uchun navbatchi boʻlgan toʻliq personalni ishdan boʻshattirmoqchi boʻlayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Unga koʻra, boʻlimdagi shifokorlar RSHTYOIM Andijon viloyat rahbari nomiga “biz bemorga yaxshi qaray olmadik, kechirim soʻraymiz” qabilada bildirgi tushuntirish xati yozishgan. Holat yuzasidan shahar hokimligi matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishcha, haqiqatdan ham, 26-aprel 23:00 da emas, 27-aprel kuni soat 1:00 lar chamasida Andijon shahar hokimi sogʻligʻida boʻlgan muammo sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali travmatologiya qabulxonasiga borgan. Shahar hokimi shifokor koʻrigida boʻlib, tegishli muolajalarni olib oʻz uyiga qaytgan.
Shuningdek, shifoxonaga borgan paytda shahar hokimi hech qanday spirtli ichimlik taʼsirida ham boʻlmagan, shifokorlarni ishdan boʻshatish boʻyicha esa hech qanday talab ham topshiriq ham bermagan.
Bundan tashqari, na shahar hokimi tomonidan na filial rahbariyati tomonidan 27-aprel kuni tungi navbatchilikda boʻlgan shifokorlardan hech qanday tushuntirish xati olinmagan.
“Yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmogʻida tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud ekanligini eslatib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q