Qishloq xo‘jaligi korxonalariga qarz beriladi

Saqlash
17:30 / 28.04.2022 708 0

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard so‘m byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi.

 

Xususan, byudjet ssudasi hisobidan:

 

– qishloq xo‘jaligi korxonalariga – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun moddiy-texnik resurslar, urug‘lik va ko‘chat yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish uchun;

 

– qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, “Agroservis operator” DUKga – ekinlarni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun yillik 14 foizda qarz beriladi.

 

Shuningdek, “Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar yetkazib berish, qarz shartnomasi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetasiya davridan ortiq bo‘lmagan muddatga yillik 14 foizda amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//