Jamiyat
Kecha videoselektorda kelgusi haftada Ramazon Hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish berilishi ma’lum qilindi. Aslida o‘tgan yili dekabr oyidagi Prezident farmonida bu nazarda tutilgan edi, kecha Davlat rahbari tomonidan qayta eslatib o‘tildi.
Ketma-ket 5 kunlik dam olish hammaga emas, faqat haftasiga 5 kun ishlovchilarga 5 kun dam olish bo‘ladi. Haftasiga 6 kun ishlovchilarga esa 4 kun dam olish beriladi;
Prezident farmonida 4 may (chorshanba) va 5 may (payshanba) kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan. Lekin bu yerda Ramazon Hayiti 3 mayga to‘g‘ri kelishi hisobga olingan.
Hayit bayrami 2 mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun:
30 aprel (shanba);
1 may (yakshanba);
2 may (dushanba) — Ramazon hayiti;
3 may (seshanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni;
4 may (chorshanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.
Izoh: 5 kun ishlovchilar ko‘chirilgan dam olish kunlari evaziga 7 may va 14 may shanba kunlari ham ishga chiqishi kerak bo‘ladi.
haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:
1 may (yakshanba);
2 may (dushanba) – Ramazon hayiti;
3 may (seshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni;
4 may (chorshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q