Jamiyat
Toshkent hayvonot bog‘ida qizaloq bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng yulduzga aylangan Zuzu ayig‘i Boku hayvonot bog‘idan keltirilgan "qallig‘i" – Masha laqabli ayiq bilan birinchi uchrashuvga chiqdi, deya xabar bermoqda Podrobno.uz.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 28 yanvar kuni tushdan so‘ng soat 12 lar atrofida jamoat oldida bir yosh ayol o‘z qizchasini Toshkent hayvonot bog‘idagi ayiq qo‘rasiga tashlab yuborgan edi. Qizcha 5 metr chuqurlikdagi zovurga yiqilib boshidan jarohatlangani, ayiq uni hidlab ko‘rgani va zarar yetkazmay nari ketgani haqida xabar qilgan edik.
Joriy yil 11 fevralda Zuzu olti yoshga to‘ldi. Ayiq juftlashishga tayyor, yaqinda u Mashaga "uylanadi".
– Ushbu uchrashuvni tanishish va unashtirish deb atash mumkin. To‘y kelin "nikoh kechasi", ya’ni juftlashishga tayyor bo‘lganida o‘tkaziladi. Hayvonot dunyosida urchish ma’lum bir vaqtda, aynan kuyukish sodir bo‘lgan kunlarda amalga oshadi. Bu jarayon ayiqlarda odatda bahor oxirida yuz beradi. Tanishish juda tinch o‘tdi va bundan kelib chiqib ular bir-biriga yoqdi deb aytish mumkin, – dedi Toshkent hayvonot bog‘i tadqiqotchisi Feruza Mirsolihova.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q