Samarqandda xorijlik sayyohning sha’n va qadr-qimmatini kamsitgan mehmonxona xodimi jazolandi

Saqlash
15:30 / 28.04.2022 746 0

Prokuratura organlari tomonidan turizm va madaniy meros sohasida qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

 

Bosh prokuraturaga tarixiy obidalarimiz bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. murojaat qilib, unda Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitganini ko‘rsatgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi.

 

Sudning joriy yil 22 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, javobgarlik muqarrarligi ta’minlandi hamda xorijlik sayyohning huquqlari tiklandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//