Madaniyat
Bugun, 27 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 27-umumta’lim maktabida tanlovning tuman bosqichi g‘oliblari – 15 nafar faol targ‘ibotchi o‘zaro bellashdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Muhtarama Ulug‘ova, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent shahar bo‘limi mutaxassisi Husniddin Berdiyev, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Farog‘at Ahmadjonovadan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilar faoliyatini nizom talablariga asosan baholadi.
“Eng faol ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida
1-o‘rinni Yunusobod tumanidagi 274-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Mahmuda Valiyeva hamda Mirobod tumanidagi 154-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Zikrilla Ne’matov;
2-o‘rinni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 27-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Rahimboy Jumaniyozov;
3-o‘rinni Bektemir tumanidagi 337-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Lobar Xayrullayeva qo‘lga kiritdi.
Barcha ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va kitoblar to‘plami, g‘oliblar esa diplom, esdalik sovg‘alari va badiiy adabiyotlar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q