Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti oʻz faoliyatini boshlaydi — Prezident

Saqlash
22:42 / 27.04.2022 960 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida agrar sohada taʼlimni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

 

Yigʻilishda 2022-yilda Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etilib, 100 dan ortiq xizmatlar yoʻlga qoʻyilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek:


- qishloq xoʻjaligida mablagʻlarni boshqarish va monitoring qilish axborot tizimini ishga tushirish;

- yerlar va ekinlar hisobi hamda monitoringini yuritishni raqamlashtirish;

- 1-avgustga qadar 7 turdagi, 2023-yilda barcha turdagi subsidiya toʻlashni elektron tizimga oʻtkazish;

- suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni toʻgʻri sugʻorish ishlarini masofaviy monitoring qilish axborot tizimini 1-dekabrgacha Fargʻona va Samarqandda, 2023-yilda barcha hududlarda joriy qilishga topshiriq berildi.


Prezident yangi Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti 2022-2023 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlashi zarurligini qayd etdi.


Birinchi oʻquv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik boʻyicha 200 nafar talaba oʻqitiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//