Jamiyat
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2022 yil yanvar–mart oylaridagi o‘rtacha ish haqi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ko‘rsatkichni tuzishda qishloq xo‘jaligi va kichik biznes sub’yektlari hisobga olinmagan, chunki ular yiliga bir marta hisobot taqdim etadi. Mamlakatda o‘rtacha oylik 3 million 426 ming so‘m deb belgilangan, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 2 million 876 ming so‘mni tashkil qilgan. O‘sish sur’ati 119,1 foizni tashkil etgan.
Hududlar kesimida narxlar quyidagicha keltirilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2 million 925 ming so‘m;
Andijon va Buxoro viloyatlari – 2 million 979 ming so‘m;
Jizzax viloyati – 2 million 669 ming so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 2 million 626 ming so‘m;
Navoiy viloyati – 4 million 730 ming so‘m;
Namangan viloyati – 2 million 665 ming so‘m;
Samarqand viloyati – 2 million 632 ming so‘m;
Surxonadaryo viloyati – 2 million 611 ming so‘m;
Sirdaryo viloyati – 2 million 849 ming so‘m;
Toshkent viloyati 3 million 749 ming so‘m;
Farg‘ona viloyati – 2 million 592 ming so‘m;
Xorazm viloyati – 2 million 832 ming so‘m;
Toshkent shahri 5 million 211 ming so‘m.
2022 yilning yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyati sohalariga to‘g‘ri kelgan va 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 131,2 foizni tashkil etgan.
Faoliyat turlari bo‘yicha oylik ish haqi quyidagicha:
Bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyati – 8 million 423 ming so‘m;
axborot va aloqa – 6 million 505 ming so‘m;
yuk tashish va saqlash – 4 million 559 ming so‘m;
sanoat – 4 million 446 ming so‘m;
qurilish – 4 million 154 ming so‘m;
savdo – 3 million 515 ming so‘m;
ta’lim – 2 million 517 ming so‘m;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2 329 mln so‘m.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q