Ozarbayjonning “Report” axborot agentligida O'zbekiston Harakatlar strategiyasi yakunlariga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi

Saqlash
15:04 / 13.09.2021 1169 0

   Ozarbayjonning “Report” axborot agentligi saytida «O‘zbekiston elchixonasida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalari bo‘yicha ekspertlar davra suhbati bo‘lib o‘tdi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” Axborot agentligi.

   Materialda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasida tashkil etilgan 2017-2021-yillarda mamlakat taraqqiyotining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati natijalari bayon etildi.

  Tadbirda Ozarbayjon va Gruziya ekspert-tahlil doiralari vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi nashr.

  «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini  2017-yilda Prezident farmoni bilan tasdiqlangpn. Besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategisi aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni atroflicha o‘rganish, qonun hujjatlari tahlili, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorij tajribasi natijalari asosida ishlab chiqilgan», — deya taʼkidlanadi maqolada.
 
  Axborot materialida Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilgan bo‘lib, eʼlon qilingan yilning nomiga muvofiq tarzda yillik davlat dasturlari tasdiqlangani qayd etilgan. «O‘zbekistonda 2017 yil - Xalq bilan muloqot yili, 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, 2019 yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, 2020 yil — Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili va 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb eʼlon qilingan», — deb yozadi “Report” axborot agentligi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//